Qo‘rqma — Javlon Jovliyev kitobi muqovasi
Tarixiy

Qo‘rqma

muallifi Javlon Jovliyev

Narxi$59,000.00
MavjudligiSotuvda yo'q

Kitob haqida

Roman oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bagʻishlanadi. Roman voqealarini qisqacha soʻzlar bilan ifoda etib boʻlmaydi. Barchasi shu qadar tigʻizki, shoshirib qoʻyadi. Majoz, obraz, ifoda, oʻt, hech kimnikiga oʻxshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, koʻrinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik daʼvosidagi yolgʻonlar, ruh va qondagi paradokslar sizni oʻtmish va kelajak kuyiga asir qiladi, oʻylatadi, yigʻlatadi va achchiq-achchiq kuldiradi. Oʻtgan asr boshida Germaniyada oʻqigan talabalar, ular maslagi va fojiali qismati bugungi yoshlar maqsadi bilan bir taroziga tortiladi.

ISBN raqami

978-9943-23-177-1

Nashr yili

2021-yil

Sifat kafolati

Original nashrlar

Tez yetkazib berish

Butun O'zbekiston bo'ylab

Tarixiy turkumidagi boshqa kitoblar

Shu yo'nalishdagi sizga yoqishi mumkin bo'lgan asarlar.

Barchasini ko'rish