Maqolalar va hikoyalar

Kitoblar olamidagi eng qiziqarli maqolalar, mualliflar bilan intervyular va o'qish bo'yicha tavsiyalar.

Kitob o‘qishning 7 samarali usuliMaqola

Kitob o‘qishning 7 samarali usuli

Kitob o‘qish har bir insonning bilimini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish va ma’lumotni tez o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Har bir inson maqsad va kontekstga qarab o‘qish usulini tanlashi mumkin. Quyida eng samarali 7 ta usul keltirilgan: 1. Tezkor o‘qish Bu usul kitobning asosiy mazmunini tez tushunish uchun qo‘llaniladi. Asosan, yangi kitob bilan tanishish, asosiy g‘oyalarni anglab yetish uchun ishlatiladi. 2. Chuqur o‘qish Matnning mohiyatini to‘liq tushunish, tahlil qilish va fikr yuritish uchun sekin va diqqat bilan o‘qish usuli. Ilmiy kitoblar va murakkab adabiyotlar uchun muhim. 3. Ko‘z yugurtirib o‘qish Asosiy fikrlarni topish, muhim joylarni ajratish uchun matnni tezda ko‘zdan kechirish. Tadqiqot ishlari va ma’lumot izlash jarayonida qo‘llanadi. 4. Aniq ma’lumot izlab o‘qish Ma’lum bir so‘z, sana yoki fakt qidirish jarayonida faqat kerakli bo‘limlarni o‘qish orqali vaqtni tejash imkonini beradi. 5. Faol o‘qish O‘qish davomida savollar berish, muhim joylarni belgilash, konspekt yozish orqali kitobni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘qilgan ma’lumotni eslab qolish va undan foydalanish uchun samarali usul. 6. Tinglash orqali o‘qish Audiokitoblar yoki ovozli materiallar orqali o‘qish. Yo‘lda, sport bilan shug‘ullanayotganda yoki ish bilan band bo‘lgan paytda ma’lumot olish uchun qulay. 7. Qayta o‘qish Kitobni bir necha marta o‘qish orqali tushunishni chuqurlashtirish va yodlash imkonini beradi. Murakkab kitoblar yoki klassik asarlar uchun foydali. Har bir usulni o‘zingizning maqsadingiz va kitob turiga qarab tanlash kitob o‘qish samaradorligini oshiradi.

Kitob o`qish foydalimi? Nima uchun ?Maqola

Kitob o`qish foydalimi? Nima uchun ?

Kitob insonning tafakkurini charhlovchi noyob quroldir. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson ko`p narsalarga o`zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do`st , hamroh , dono maslahatchi bo`lib kelgan . Ba`zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o`zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin . Bugungi hayotimizda ko`pchilik kitobning o`rni o`zgardi , endi kitob o`qish uchun vaqt sarflash noo`rin , teatr , kino , gazeta , jurnallar kitoblarning vazifasini bajarib , ularning o`rnini butunlay egalladi deb hisoblashadi . Informatsiyalar haddan ziyod ko`payib , har daqiqada yangilanib , internet butun insoniyat ongini egallab , hech kimning zerikishga vaqti qolmagan asrda kitoblarga joy bormikan ? Bunday savol o`z -o`zidan hammaning hayoliga kelishi aniq . Ayniqsa bugungi yoshlarning ko`pchiligi bizning davr bir joyda o`tirib kitob varaqlaydigan davr emas deb ta`kidlashadi . Ho`sh kitob o`qish aslida bizga nima beradi ? Bizning sivilizatsiyadan qoloq bo`lgan asrlarda yozilgan klassik asarlardan biz nimani o`rganishimiz mumkin? Vaqtimizning har daqiqasi g`animat bo`lib qolgan zamonda uni 2 asr oldin yozilgan kitoblarni o`qishga sarflash to`g`ri bo`larmikan ? Bu savollarga javob berish uchun avvalo kitob o`qishning hozirgi zamon yoshlariga foydasi bormi , yo`qmi , aniq bilib olish lozim. Bugungi kunda biz faqat faktlarga asoslanamiz . Quruq gap bilan hozirgi zamonda hech kimni ishontirib bo`lmayadi.Demak faktlarga asoslanib bu savolga javobni qidiradigan bol`sak, bu borada olib borilgan tadqiqotlarga yuzlanishimiz lozim. Kitob o`qishning foydasi o`zi isbotlanganmi? Buni qarangki isbotlangan!!! Mutolaa asabni tinchlantiradi. Asabingizni tinchlantirish uchun sayr qilish yoki musiqa tinglashni afzal ko’rasizmi? Sasseks universiteti olimlari esa buning o’rniga kitob o’qishni tavsiya qilishadi. Kitob o’qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekan. Atigi olti daqiqa kitob o’qish asabiylashishga barham beradi. Mutolaa uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi. Xotirjam bo’lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob o’qishdir. Televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg’onish kerakligi haqida signal yuboradi. Kitob o’qish esa aksincha ta’sir ko’rsatadi — miya uxlash vaqti bo’lganligini tushunadi. Mutolaa qalbni yumshatadi. Kitob o’qish jarayonida o’quvchi qahramonlar bilan birga bo’ladi. Ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo’ladi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, badiiy asar o’qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg’ularini yaxshi tushunar ekan. Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi. Emori universiteti olimlari kitob o’qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlashmoqda. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi. Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob o’qish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob o’qishni boshlaganlaridan so’ng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan. Mutolaa insonni go’zallashtiradi. Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi ko’rinishini ham go’zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va o’z bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi. Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha ko’p kitob o’qisa, hayot yo’lini shunchalik aniq tanlashini ta’kidlashmoqda. Kitob o’qish hayotdagi to’siqlarni yengishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular. Kitob o’qiydigan insonlar hayotda faol bo’lishadi. San’at milliy jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar kitob o’qiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol bo’lishlarini isbotladi. Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi. Har safar kitob o’qilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan ma’lumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob o’qiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan. Mutolaa so’z boyligini oshiradi. Kitob o’qiyotgan paytda notanish so’zlar ham uchrab qoladi. Ularning ma’nosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa bo’ladi. Kitob o’qish nafaqat so’z boyligini ko’paytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi. Kitob o’qish jarayonida muallifning yozish uslubi ham o’quvchiga ta’sir ko’rsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga o’tgani singari yozuvchining uslubi ham o’quvchining yozish uslubiga ta’sir o’tkazadi. Mutolaa chet tilini o’rganishni osonlashtiradi. Doimiy ravishda kitob o’qish boshqa tillarni o’rganishda yangi so’zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi. Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi. Qanchalik g’alati tuyulmasin, kitob o’qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o’qiganda yanada samarali bo’ladi. Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang’ich sinf o’quvchilarining mashg’ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so’zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko’rsatadi. Mutolaa Al`tsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi. Qator tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ko’p kitob o’qigan insonlar Al`tsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo’llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo’ladi. Kitob o’qish esa bu borada eng samarali usuldir. Birgalikda kitob o’qish ota-onalar va bolalarning o’zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Psixologlar birgalikda kitob o’qish jarayonida ota-onalar va bolalar o’rtasida o’ziga xos munosabat o’rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko’rganda aslo paydo bo’lmaydi. Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, umuman kitob o’qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi. Ko’p kitob o’qiydigan bolalar darslarni yaxshi o’zlashtirishadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o’qishni xush ko’radigan bolalar maktabda ham yaxshi o’qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o’zlashtirishadi. Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi. O’tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo’lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan so’ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qo’l uradilar. Mutolaa yaxshi hikoyago’yga aylantiradi. Inson kitobni qancha ko’p o’qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo’ladi. Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko’proq shug’ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zishga undaydi. Ko`rib turganingizdek kitob mutolaa qilishning foydasi judaham katta . Kitoblar doimo bizga o`zimiz tasavvur ham qilolmaydigan fikrlarni bergan . Inson ongi doimo kitoblar orqali boyib kelgan .Kitob va hayot eng yahshi ustozlardir. Aynan shu tufayli insonlar barcha davrlarda kitoblarni sevib o`qib kelishgan. O`z hayoti davomida har kim moddiy yuksalishi mumkin , ammo ma`naviy yuksalish insonlardan ko`p narsalarni anglab yetishni , bizga berilgan hayotning asl ma`no -mohiyatini tushuna olishni talab etadi.

Kitob o‘qishning 9 ta asosiy foydasiMaqola

Kitob o‘qishning 9 ta asosiy foydasi

Kitob o‘qish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, bir qator foydalarni beradi. Quyida kitob o‘qishning asosiy foydalari keltirilgan: 1. Qimmatli bilimlarga ega bo‘lish Kitoblar orqali turli sohalar bo‘yicha bilimlarni o‘rganish mumkin. Bu bilimlar nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki kasbiy muvaffaqiyatlar uchun ham zarurdir. 2. Miyani mashq qildirish Kitob o‘qish miyaning faoliyatini oshiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va yangi ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonini tezlashtiradi. 3. Diqqat jamlash qobiliyatini yaxshilash Kitob o‘qish diqqatni jamlashni talab qiladi. Bu esa kundalik hayotda diqqatni bir joyda to‘plash qobiliyatini yaxshilaydi. 4. Xotirani yaxshilash Kitob o‘qish orqali yangi ma’lumotlarni eslab qolish va ularni qayta eslash qobiliyati rivojlanadi. Bu xotirani mustahkamlashda yordam beradi. 5. Rohatlanish Kitob o‘qish stressni kamaytirish va ruhan tinchlanish uchun yaxshi usuldir. Kitob o‘qish vaqtida inson boshqa dunyoga tushib, kundalik muammolardan chalg‘ishi mumkin. 6. Boshqalarni tushunish qobiliyatini shakllantirish Kitoblar orqali boshqa insonlar va ularning his-tuyg‘ulari haqida ko‘proq bilib olish mumkin. Bu boshqalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. 7. Muloqot ko‘nikmasini yaxshilash Kitob o‘qish orqali yangi so‘z va iboralarni o‘rganish, ularni to‘g‘ri qo‘llash muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu esa jamiyatda muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beradi. 8. Stressni kamaytirish Kitob o‘qish stressni kamaytirishning samarali usulidir. Kitob o‘qish insonni boshqa voqea-hodisalar bilan chalg‘itadi va tinchlantiradi. 9. Uzoqroq yashash Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kitob o‘quvchilarning hayot davomiyligi uzoqroq bo‘lishi mumkin. Bu esa sog‘lom va faol hayot kechirishga yordam beradi. Siz ham kitob o‘qiysizmi? Agar o‘qimayotgan bo‘lsangiz, bu foydalardan bebahra qolmaslik uchun o‘qing.

«Маснавийхонлик дарслари»нинг 38-суҳбати бўлиб ўтдиMaqola

«Маснавийхонлик дарслари»нинг 38-суҳбати бўлиб ўтди

Бугун «Маснавийхонлик дарслари»нинг 38-суҳбати бўлиб ўтди Тадбирга Мирзо Кенжабек устоз ташриф буюрдилар. Суҳбатни Қамариддин Бекмуҳаммад олиб борди. Тадбирнинг биринчи қисмида «Маснавийи маънавий» китобидаги Ҳазрати Увайс Қараний ҳақида ёзилган байт шарҳ қилинди. Одатдаги савол-жавобда иштирок этганлар учун шайх ҳазратларининг «Қарз» китоблари ҳадя қилинди. Кейинги суҳбат учун «Ҳадис ва ҳаёт» силсиласининг 52-бетидан бошлаб ўқиб келиш ваифа қилинди. Тадбирга ташриф буюрган тингловчилар учун «Ҳилол» журналининг янги 3(72)-сони ҳадя қилинганини ҳам айтиб ўтамиз. Суҳбатнинг иккинчи қисмида тингловчилар устоздан ўзлари қизиқтирган саволлар жавоб олдилар. Тадбир Қуръони Карим тиловати ва дуолар билан ниҳоясига етди. Кейинги ҳафта сешанба куни «Ахлоқус солиҳин» китоби ҳақида суҳбат бўлиб ўтади. Тадбирга сухандон Нажот Нур меҳмон бўладилар.