
Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi
muallifi Piter Hopkirk
Kitob haqida
“Piter Hopkirk qoʻl uradigan har bir hikoya butunlay oʻziga jalb qiladi” — The Washington Post gazetasi Markaziy Osiyoning bugungi xaritasini chizib bergan “Katta oʻyin” haqida eshitganmisiz? Bu mintaqadagi xonliklarni oʻziga vassal va mustamlakaga aylantirish uchun ikki qudratli imperiya — Chor Rossiyasi va Britaniya oʻrtasida kechgan kurash “Katta oʻyin”ga asos boʻldi. Ushbu kitob mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy oʻyinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni oʻz taʼsiri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya boʻlganda ham voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohidlarning hikoyalari. Geosiyosiy bir oʻyin tarzida kechgan bu kurashda tomonlar kim koʻproq va kattaroq hududni egallash payida edi. Chor Rossiyasi Hindistonga chiqish, inglizlar tasarrufidagi hududni oʻziniki qilishni koʻzlasa, Britaniya imperiyasi bunga goh bufer davlatlar yaratish, goh Hindiston mulki chegaralarini kengaytirish orqali qarshi turadi. Rossiya ham inglizlar egallab olmasidan burun xonliklarni oʻz imperiyasiga qoʻshib olishga oshiqadi. Buyuk britaniyalik yozuvchi, tarixchi va jurnalist Piter Hopkirk Markaziy Osiyo va Kavkazga bir necha bor xizmat safari bilan kelgan. U olib borgan tadqiqotlarning katta qismi Britaniya kutubxonasining Hindiston ishlari boʻyicha arxivida saqlanadi. Hopkirkning “Katta oʻyin: ikki imperiya toʻqnashuvi” asari ilk bor 1990-yilda chop etilgan.
ISBN raqami
978-9943-23-198-6
Nashr yili
2023-yil
Sifat kafolati
Original nashrlar
Tez yetkazib berish
Butun O'zbekiston bo'ylab
Siyosat turkumidagi boshqa kitoblar
Shu yo'nalishdagi sizga yoqishi mumkin bo'lgan asarlar.

